Olimlar miya tuzilishi va siyosiy e’tiqodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladilar
Konservativ saylovchilar, o‘rtacha, liberal saylovchilarga qaraganda bir oz kattaroq amigdalaga ega.
Tadqiqot natijalari Iscience jurnalida chop etilgan bir guruh olimlar shunday xulosaga kelgan.
Nashr mualliflarining ta’kidlashicha, bu miya hududining kattaligi konservatorlarning xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojini tushuntirishi mumkin.
Olimlar Niderlandiyadan 19-26 yoshli 928 kishining MRT-tasvirlarini tahlil qilishdi. Ular konservatizm va liberalizmga moyilliklarini, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ayollar huquqlari, daromadlar tengsizligi va daromadlarni qayta taqsimlash bo‘yicha pozisiyalarini baholadilar.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, konservatizm darajasi amigdaladagi kulrang moddaning hajmi bilan bog‘liq. U tahdidni idrok etishni nazorat qiladi, bu esa konservatorlarning potensial xavflarga nisbatan sezgirligini tushuntiradi. Ehtimol, ular yuqori darajadagi xavfsizlikka muhtoj.
Olimlar o‘zlarining ishlarini "siyosiy nevrologiya kontekstida oldindan ro‘yxatdan o‘tgan eng yirik replikasiya tadqiqoti" deb atashgan.
Ish 2011 yilgi tadqiqot ma’lumotlarini tekshirish uchun olib borildi. O‘shanda olimlar birinchi marta miya tuzilishi va siyosiy e’tiqodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Yangi ish mualliflari ular kashf etgan farqlarning ta’siri dastlabki tadqiqotdagidan uch baravar kam bo‘lganini ta’kidladilar.