OKMK da sof palladiy olishga erishildi

OKMK da sof palladiy olishga erishildi

Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metallni O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof kukun shaklida olishga erishildi. Bu haqda kombinatning axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy ishlab chiqarish sanoati yildan yilga sohaviy tarzda takomillashib bormoqda. Bu metall asosan tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!