Oilaviy bog‘cha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi

Oilaviy bog‘cha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi

“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (426-son, 02.08.2022 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda, oilaviy bog‘chalarda:

🔹byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;

🔹xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;

🔹hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi to‘lanmaydi.

📝 Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:

▫️davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi;
▫️nodavlat bog‘chalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi;
▫️oilaviy bog‘chalar to‘g‘risida;
▫️kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bog‘chalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensasiya ajratish tartibi;
▫️nodavlat bog‘chalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi o‘rtasida o‘zaro almashiladigan ma’lumotlar ro‘yxati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!