Ogohlik qo‘ng‘irog‘i: Yaponiyada 13 yoshli qiz smartfon uchun onasini o‘ldirdi

Ogohlik qo‘ng‘irog‘i: Yaponiyada 13 yoshli qiz smartfon uchun onasini o‘ldirdi

Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasida yashovchi o‘n uch yoshli qiz smartfon tufayli onasini o‘ldirdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qotillik 16 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Oila a’zolarining chaqirig‘i bilan yetib kelgan polisiya ikkinchi qavatda yotoqxonada onani qonga belangan holda topdi. Tez orada ayol vafot etdi. Guvohlar qizga ishora qilgan, shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari bolani so‘roqqa tutgan. U onasini o‘ldirganini tan oldi.

Bola 14 yoshga to‘lmaganligi sababli muammoli yoki yordamga muhtoj oilalar farzandlari bilan ishlash muassasasiga joylashtirildi. So‘roq paytida qiz onasi bilan smartfon tufayli muammolarga duch kelganini tan oldi.

Polisiyaning qayd etishicha, u smartfondan foydalangani uchun onasi bilan janjallashib qolgan va u uxlab qolganida onasiga bir necha marta pichoq urgan.

P/s. Bu ota-onalar uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi lozim. Bolalaringizning smartfonlarga qul bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!