Ikki davlatdan olib kelingan shaxslardan biri ekstradisiya qilingan, noqonuniy migrantlar esa deportasiya qilingan.
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi. U Polsha hududida qo‘lga olingach, barcha zarur protseduralar bajarilib, jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonning Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.
Shu bilan birga, AQShdan ham O‘zbekistonga noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish doirasida mamlakatda noqonuniy yashab kelgan 39 nafar fuqaro deportasiya qilindi. Ular orasida o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib, Interpol orqali qidiruvga berilgan shaxs ham bor edi.
Bu AQSh immigrasiya xizmatlari, O‘zbekiston Interpol byurosi va AQSh elchixonasi o‘rtasidagi yaqin hamkorlik natijasida xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha qayd etilgan navbatdagi ijobiy misol sifatida qayd etildi.
Jinoyatchilar Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, Interpolning Milliy markaziy byurosi hamda Respublika Ichki ishlar organlari tomonidan kutib olinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Ushbu holatlar O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashdagi faol ishtirokini yana bir bor ko‘rsatdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.