Og‘ir atletika: 110 ta davlat orasida O‘zbekistonning o‘z o‘rni bor

Og‘ir atletika: 110 ta davlat orasida O‘zbekistonning o‘z o‘rni bor

Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha poyoniga yetgan jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoada 4-o‘rinni egalladi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘lida kechgan murosasiz belashuvlarda 110 ta davlatning 500 nafarga yaqin mahoratli og‘ir atletikachilari g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Jahon kubogining 12 kunlik murosasiz bahslari natijasida erkaklar o‘rtasida 12 ta, ayollar o‘rtasida 9 ta jahon rekordi yangilandi.

Nufuzli musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Xitoy va Armaniston terma jamoalaridan keyingi 4-pog‘onadan joy olish bilan birga Parij-2024 Olimpiadasining muhim reyting ochkolariga ham ega chiqishdi.

Pxuket sport maydonida vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, umidli sportchimiz Sharofiddin Amriddinov bronza medali sohibi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!