OFK prezidenti O‘zbekistonni e’tirof etdi

OFK prezidenti O‘zbekistonni e’tirof etdi

Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Saudiya Arabistonini 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatidagi g‘oliblik bilan tabriklab, O‘zbekistonni ham e’tirof etdi.

"Osiyo futbol oilasi nomida Saudiya Arabistonini chempionlik unvoni bilan chin yurakdan tabriklayman. Saudiya Arabistoni U23 terma jamoasi butun musobaqa davomida yakdillik va jangovarlik namoyish etgani mamlakat futbol federasiyasi katta mehnat qilganini ko‘rsatdi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ham namoyish etgan dadillik va jamoaviy mehnatni e’tirof etish lozim. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik muxlislar finalning yorqin o‘tishiga hissa qo‘shishdi.

O‘zbekistonda o‘tgan U23 Osiyo kubogi OFKning norma hayot tarziga qaytayotganini isbotladi. Buning uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va tashkiliy qo‘mitani olqishlashimiz kerak. Ular musobaqaning tomoshabop o‘tishida ulkan hissa qo‘shishdi", — deyiladi OFK prezidenti maktubida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!