O‘zLiDeP S’ezdida saylovoldi dasturi va parlament quyi palatasiga nomzodlar tasdiqlandi (+FOTOGALEREYa)

A A A
O‘zLiDeP S’ezdida saylovoldi dasturi va parlament quyi palatasiga nomzodlar tasdiqlandi (+FOTOGALEREYa)

2019 yil 5 noyabr kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash zarurki, s’ezd partiyaning oliy rahbar organi hisoblanadi va unda siyosiy kuch faoliyatiga daxldor nihoyatda dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, o‘ta muhim qarorlar qabul qilinadi.

O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyaning o‘tgan 5 yil mobaynidagi faoliyati sarhisob qilindi, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalar ishlab chiqildi, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq ishlar atroflicha muhokama etildi va ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Shu kunlarda partiya joriy yilning dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida yangi formatdagi targ‘ibot aksiyalari tashkil qilinyapti, shuningdek, PR-kampaniya davomida partiya o‘z g‘oya va maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanyapti. Partiya tashkilotlari xodimlari, faollarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quvlar tizimli ravishda o‘tkazilyapti. Qisqasi, O‘zLiDeP jiddiy siyosiy imtihonga puxta hozirlik ko‘ryapti. Zero, bu yilgi saylovlar “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Bu avvalo davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan izchil demokratik islohotlar jarayoni bilan bog‘liqdir. Saylov kodeksining qabul qilinishi, mamlakatimizda yana bir siyosiy partiyaning vujudga kelishi va boshqa bir qancha omillar bo‘lajak saylovlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichda, ochiqlik, oshkoralik tamoyillari va kuchli partiyalararo raqobat, g‘oyalar va dasturlar kurashi ostida bo‘lib o‘tishidan dalolat beradi.

Ana shunday mas’uliyatli, muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan saylov kampaniyasida munosib ishtirok etish O‘zLiDePning asosiy maqsadidir.

Tadbirda s’ezd delegatlari tomonidan partiyaning 2014 yilda e’lon qilingan saylovoldi dasturi ijrosi natijalari ham ko‘rib chiqildi. Tadbir ishtirokchilari yakdillik bilan qayd etganidek, partiya faoliyatida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ustuvor ahamiyat kasb etdi.

O‘zLiDeP yetakchi siyosiy kuch sifatida islohotlar natijasi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, saylovchilar va elektorat vakillari tomonidan o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Partiya davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sib borishi, xalqimiz farovonligi, yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosatni doimo qo‘llab-quvvatlayapti. So‘zga chiqqanlar e’tirof etganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda jamiyatni yangilash va modernizasiya qilish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi, iqtisodiyotimiz uzluksiz rivojlanmoqda, sanoat, savdo, qurilish sohasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beryapti, ishlab chiqarishga xorijiy investisiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelyapti, yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi tobora ortib boryapti. Ana shu ijobiy jarayonlarga O‘zLiDeP ham muayyan hissa qo‘shayotgani quvonarlidir.  

Keyingi yillarda yurtimizda ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishi, xususiy sektorni  himoya qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlar, ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani tadbirkorlarning erkin faoliyat olib borishlari uchun mustahkam zamin yaratdi. Sohadagi muvaffaqiyatlar mamlakatimizning xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘layotganligi, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga oshib borishi va aholi turmushi farovonlashuvida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘zLiDeP mulkdorlar sinfi manfaatlarini ifodalash bo‘yicha zimmasiga olgan vazifalarni to‘liq bajarishga muvaffaq bo‘lyapti. Jumladan, partiya xususiy biznes vakillarining xohish-istaklari aks etgan 40 ga yaqin qonunning qabul qilinishida faol ishtirok etdi.

O‘tgan besh yil davomida parlamentdagi partiyamiz fraksiyasi a’zolari 90 ga yaqin qonun loyihalari ishlab chiqishda tashabbus ko‘rsatdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga jami 427 ta deputatlik so‘rovi yuborildi, shundan 340 tasiga javob olindi. O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan jami 6 marta «Hukumat soati» o‘tkazildi va bir qator vazirliklar rahbarlarining axborotlari eshitildi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch nuqtasiga aylangan xususiy sektorning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Xalq bilan birga bo‘lish, muammolarini yechish, ayniqsa tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishda xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari ham faol ishtirok etmoqda.

O‘tgan yillar davomida deputatlik guruhlari tomonidan 11 057 marotaba eshituvlar, 44 035 ta deputatlik so‘rovi,  2290 ta nazorat-tahlil faoliyati amalga oshirildi. Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalariga 5000 ga yaqin taklif kiritildi. Ularning 4730 tadan ortig‘i sessiyalarda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2829 tasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishildi.

Hisobot davrida boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiya a’zolarining o‘sishi, ularning sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 2015 yilda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari 9329 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra ularning soni 12 723 taga yetdi. Partiya a’zolarining soni 248 379 nafardan 754 820 nafarga yetdi.

Taraqqiyotimizning yangi davrida xalq bilan muloqot qilish har bir idora va tashkilotning ustuvor vazifasiga aylandi. Shu bois, o‘tgan ikki yil davomida partiya hududiy kengashlari va deputatlik guruhlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi o‘ta muhim dasturlar ijrosini o‘rganish yuzasidan elektorat vakillari va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur jarayonda qariyb 180 mingta xonadonga kirib borildi va yuz minglab insonlar, tadbirkor va fermerlar bilan bevosita muloqotga kirishildi.

Hisobot davrida tadbirkorlik, kichik biznes, investision muhitni yaratish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan partiyaviy loyihalar, ochiq muloqotlar natijasida mingga yaqin xotin-qizlar, yoshlar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi va bu orqali 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

S’ezda mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham O‘zLiDeP uchun asosiy vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda partiyaning yangilangan dasturi va saylovoldi dasturi S’ezd ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, partiyaning siyosiy platformasi Harakatlar strategiyasiga hamohang tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, beshta yo‘nalishni qamrab olgan.

Partiya saylovoldi dasturining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishi eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan qator ustuvor vazifalarni belgilab olmoqda.

Partiya qulay ishbilarmonlik va investisiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk huquq va kafolatlarining ishonchli himoyalanishini ta’minlash, tadbirkorlik rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni olib tashlash, «Biznesni yuritish», global raqobatbardoshlik, innovasiyalar, sanoatning raqobatbardoshligi indekslari bo‘yicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashini ta’minlash va yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirishning istiqbollariga qaratilgan aniq vazifalarni qamrab olgan. Zero, O‘zLiDeP O‘zbekistonning investisiyaviy jozibardorligini oshirish – bu mamlakatning jadal va barqaror rivojlanishi, iqtisodiyotni raqobatbardoshligining eng muhim va zarur sharti ekaniga ishonadi.

Ahamiyatlisi, shu kunga qadar tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi yuzlab qonun hujjatlari qabul qilingan. Partiya milliy qonunchiligimiz va xalqaro tajribani inobatga olgan holda mahalliy tadbirkorlar va investorlar uchun tushunarli bo‘lgan yagona Investisiya va Tadbirkorlik kodekslarini ishlab chiqish va qabul qilish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Partiya qishloq xo‘jaligini modernizasiyalash va jadal rivojlantirish borasida ham istiqbolli vazifalar belgilab olmoqda. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni 2035 yilgacha 4 baravar oshirish, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari ekin maydonlari samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qishloq aholisi o‘rtasida “Tomorqa yer uchastkasi – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini keng targ‘ib qilish, agrosanoat tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yer egalarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari ham partiyaning keyingi besh yillikka mo‘ljallangan rejalaridan o‘rin olgan.

Partiyaning S’ezdida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatildi.

S’ezd yakunida jurnalistlar, blogerlar ishtirokida brifing tashkil etildi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron Tel-Avivga yangi ballistik raketalar orqali zarba berdi

Бу ҳақда Al Jazeera ҳарбий манбаларга таяниб хабар берди.

Tramp Eron bilan urush ustidan nazoratni yo‘qotdi

Сенаторнинг сўзларига кўра, Эрон дронлар, қайиқлар ва миналар ёрдамида нефть инфратузилмасига доимий ҳужумлар уюштиришга қодир

Taker Karlson: "Biz Eronga qarshi yadroviy quroldan foydalanishimiz haqida...."

Давлат котиби ҳозиргина чиқиб, биз буни Исроил бизни мажбур қилгани учун қилдик, деди.

Internetda Qirg‘izistonni tark etgan Tashiyevning suratlari tarqaldi

Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси собиқ раҳбари Қамчибек Ташиевнинг ўғли Таймурас Ташиев отасининг янги суратини эълон қилди.

Agar NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga yordam bermasa, alyansni “juda yomon kelajak” kutadi

Вашингтон Эронга қарши ҳужумлар учун $12 млрд сарфланган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Britaniyalik diplomat AQShning Erondagi operasiyasini muvaffaqiyatsizlik deb atadi

Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal нашрининг хабар беришича, Эронга алоқадор деб ҳисобланган хакерлар АҚШда йирик киберҳужум уюштирган.

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.

Fransiya Trampning iltimosini rad etdi

Бу ҳақда манбаларга таяниб Financial Times нашри хабар берди.

Tramp Minobdagi maktab hujumi bo‘yicha AQSh javobgarligini rad etdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эроннинг Миноб шаҳридаги мактабга қилинган ҳужумга АҚШнинг алоқаси борлиги ҳақидаги иддаоларни рад этди.

Prokuratura departamenti Samarqandda dorifurushlarni qo‘lga oldi

Нарпай туманида кучли таъсир қилувчи дори воситалари савдоси билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumidan keyin yong‘in kelib chiqdi

Полициянинг аниқлик киритишича, аэропортга олиб борувчи йўллар ва туннеллардаги ҳаракат вақтинча тўсиб қўйилган

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.