Nyu-Yorkda kuchli qor sabab favqulodda holat e’lon qilindi

Nyu-Yorkda kuchli qor sabab favqulodda holat e’lon qilindi

AQSh Prezidenti Jozef Bayden Nyu-York shtatida kuchli qor yog‘ishi sababli favqulodda holat joriy etilishini ma’qulladi, deb xabar berdi Oq uy.

Qayd etilishicha, Amerika rahbari Nyu-York shtati va mahalliy hokimiyatga kuchli qor bo‘roni oqibatini bartaraf etish uchun federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Bundan tashqari Oq uy zarar ko‘rgan hududlarni tiklash bo‘yicha federal harakatni muvofiqlashtiruvchini ham tayinladi.

Shtatda oxirgi kecha-kunduz rekord darajada qor yoqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!