Nyu-York shahri havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Nyu-York shahri havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Nyu-York Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni to‘planib qolgani sababli dunyoning eng yomon havo sifati bo‘yicha yirik shaharlar orasida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi NBS News.

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Qo‘shma Shtatlar sharqiy tomonining katta qismini qopladi, o‘tkir hidli havo osmonni to‘q sariq rangga aylantirdi.

Munisipal ma’muriyat 16 shtatdagi 128 millionga yaqin aholini o‘rmon yong‘inlari tufayli havo sifati yomonlashishidan ogohlantirdi va uylarini tark etmaslikni tavsiya etdi.

Chorshanba kuni Nyu-York shtati gubernatori Keti Xochul shtatning katta qismiga ta’sir ko‘rsatgan o‘rmon yong‘inlari tutunini «salomatlik va atrof-muhit inqirozi» deb atadi.

Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi zararli moddalarning yuqori konsentrasiyasi Nyu-York shtatining asosiy hududlarida payshanba kuniga qadar saqlanib qoladi.

Shuningdek, Vashington (Kolumbiya), Boston (Massachusets) va Filadelfiyada (Pensilvaniya) havo sifati yomonlashdi, hatto xavfning «qizil kodi» e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanba kuni mamlakat bo‘ylab 414 ta o‘rmon yong‘inlari sababli bir qator aholi punktlaridan 20 mingdan ortiq odam evakuasiya qilingan.

Bu yil Kanada bo‘ylab 2200 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan va taxminan 3,8 million gektar o‘rmon yonib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!