Nunyes va Arauxo kolumbiyalik muxlislar bilan janjallashdi

Nunyes va Arauxo kolumbiyalik muxlislar bilan janjallashdi

Kecha Kolumbiya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasida Amerika kubogi-2024 ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Kolumbiya termasining 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol birinchi bo‘lim oxirida Lerma tomonidan kiritildi.

Final hushtagi yangragach, stadionda Urugvay terma jamoasi futbolchilari va Kolumbiyadan kelgan muxlislar o‘rtasida mushtlashuv boshlandi. Mushtlashuvda ishtirok etganlar orasida futbolchilar Darvin Nunyes va Ronald Arauxo ham bor.

Kolumbiya terma jamoasi nufuzli turnir finalida amaldagi chempion Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Jang 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!