Nukus hayvonot bog‘ida saqlanayotgan Afrika ona sheri bolaladi

Nukus hayvonot bog‘ida saqlanayotgan Afrika ona sheri bolaladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va Samarqand veterinariya instituti Nukus filiali bilan birgalikda “Nukus hayvonot bog‘i” MCHJda bo‘lib, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish kabi masalalarda o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Shu jumladan, hayvonot bog‘larida kam kuzatiladigan hodisalardan biri, ya’ni afrika sherlarining tutqunlikda bolalash ham muhokama qilindi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus hayvonot bog‘ida saqlanayotgan Afrika ona sheri bolaladi

Nukus hayvonot bog‘ida saqlanayotgan ona sherning bolalashi, ayniqsa uchta shervachchaning dunyoga kelishi noyob hodisa hisoblanadi. Hozirgi kunda shervachchalar sog‘lom va baquvvat bo‘lib rivojlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!