Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar berilgan?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar berilgan?


🎓 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi .

🚖 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

☑️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

📋 Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

💰 Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

🏫 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

✅ Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi .

🚘 Qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni sotib oluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport yig‘imini to‘lashdan ozod qilingan.

☀️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega .

➡️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar ayrim mahsulotlar bilan bepul ta’minlanadi.

🏘 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🏠 Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!