Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaroning jasadi qaytishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaroning jasadi qaytishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Nishonda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro o‘lik holda qaytarildi" sarlavhali videoxabar chiqarilgan.

Aniqlanishicha, 25 iyul kuni Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan yashash uyidan mast holda olib ketilgan va viloyat narkologiya dispanseriga yotqizilgan Nursoat Muxammadiyev 26 iyul vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, N.Muxammadiyevni viloyat dispanserida vafot etganligi hodisasi bo‘yicha viloyat Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!