Nima sababdan avtomobillar uchun navbat o‘smoqda?

A A A
Nima sababdan avtomobillar uchun  navbat o‘smoqda?

So‘nggi oylarda barcha avto ishqibozlari mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun navbatning sezilarli darajada oshganini payqashdi, inqiroz cho‘qqisi sifatida navbatlar soni 90 000 ta mashinagacha yetdi. Mikrochiplar va logistika bilan bog‘liq global muammolar haqida hamma biladi. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sishiga yana nimalar ta’sir ko‘rsatmoqda?

2020 yilda UzAuto Motors 280 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarish orqali o‘zining tarixiy ishlab chiqarish rekordini yangiladi va shu tariqa barcha modellarni erkin sotishga erishdi. Ammo pandemiya o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi va ishlab chiqarish hajmini pasaytirdi.

Nima sababdan avtomobillar uchun  navbat o‘smoqda?

Mikrochiplarni o‘z ichiga olgan komponentlar zahirasining mavjudligi ishlab chiqarish konveyerlarining to‘xtab qolishini oldini oldi. Bundan tashqari vaziyatni barqarorlashtirish uchun favqulodda choralar ko‘rildi: GM rahbariyati va bir qator mikrochip ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qo‘shimcha ravishda yarimo‘tkazgichlar yetkazib berilishi ta’minlandi. Bu esa 2021 yil inqiroz davrida kutilgan 150 000 emas, 235 600 ta avtomobil ishlab chiqarish imkonini berdi.

Xo‘sh, nima uchun ishlab chiqarishning atigi 16 foizga kamayishi bunday tanqislikka sabab bo‘ldi?

Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z yangi avtomobillarini kutayotganlar sonining anomal o‘sishiga O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillariga talabning rekord darajada o‘sishi muhim hissa qo‘shdi. Bu talab, birinchi navbatda, mahalliy avtomobillar narxining dollar hisobida sezilarli darajada arzonlashgani bilan bog‘liq.

Masalan, 2020 yilning mart oyidan milliy valyutaning devalvasiyasini hisobga olgan holda, Lacetti modelining chakana narxi 14,5 ming dollardan 12,8 ming dollarga, Cobalt uchun – 12,1 ming dollardan 10,7 ming dollarga tushdi va hokazo. UzAuto Motors mahsulotlari tannarxining bunday sezilarli darajada pasayishi, aksariyat boshqa mahsulotlar toifalari tannarxining oshishi, shuningdek, ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining sezilarli darajada oshishi (ishlab chiqaruvchining o‘rtacha qiymatidan 1000 AQSh dollariga yuqori) mashhur Chevrolet modellarini hamyonbop va juda jozibador investisiya vositasiga aylantirdi, bu esa fors-major omillar ta’sirida taklifning orqada qolishi fonida talabning keskin sur’atlarda oshib ketishiga olib keldi. Bu davrda mashinalarni keyinchalik qayta sotish va foyda olish maqsadida bir kishi tomonidan 10, 20 va hatto 200 tagacha shartnomalar tuzish odatiy holga aylandi.

2020 yilda haqiqiy ishlab chiqarish hajmi 280 ming dona bo‘lsa, 2021 yil dekabr oyi o‘rtalarida e’lon qilingan to‘lovga layoqatlilar talabi 350 mingdan ortiqni tashkil etdi – shu yilning yanvar oyidan buyon yangi avtomobillarga xuddi shuncha arizalar ro‘yxatga olingan (taqqoslash uchun, 2020 yilda kompaniyaga taxminan 240 000 ta ariza kelib tushgan).

Mikrochiplar va logistika bilan og‘ir global inqiroz sharoitida yillar davomida yetkazib berish muddatini oshirmasdan (ba’zi boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi) anomal talabni ta’minlash uchun texnologik jarayonlarni optimallashtirish orqali zavodning unumdorligi oshirildi. Bunday sharoitda «O‘zavtosanoat» va UzAuto Motors rahbariyati mahalliy avtomobil ishlab chiqarish uchun logistika inqirozini yengish bo‘yicha qat’iy usullarni qo‘lladi. Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya dengiz portlarida yuk tashish muammolarini hal qilish uchun UzAuto Motors tomonidan yuk tashishga ustuvorlik berish masalalari o‘z yechimini topdi. Erishilgan kelishuvlar doirasida kompaniyaning vakolatli vakillari joylarda tezkor choralar ko‘rish uchun portlarga yuborildi. Shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ bilan kelishgan holda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berish uchun alohida charter reyslari tashkil etildi. Ushbu va boshqa misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar avtomobillarni butlovchi qismlari bilan maksimal darajada ta’minlash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida zavodning uzluksiz ishlashi va undagi ish o‘rinlarining saqlanishini ta’minlaydi.

Damas / Labo avtomobillarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishda ham xuddi shunday chora-tadbirlar qo‘llanildi. Natijada 2020 yilga nisbatan mazkur avtomobillarini ishlab chiqarish (60 715 dona) 2021 yilda 72 ming donaga (+19 foiz) oshgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkichni 90 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.