Niderlandiya prokuraturasi 2023 yil bahorida MH17 tergovining yangi xulosalarini e’lon qiladi

Niderlandiya prokuraturasi 2023 yil bahorida MH17 tergovining yangi xulosalarini e’lon qiladi

2023 yil bahorida Donesk yaqinida MH17 reysi urib tushirilgan vaqtda uni boshqargan "Buk" zenit-raketa majmuasi ekipaji haqidagi ma’lumotlar ommaga e’lon qilinishi xabar qilindi.

Bundan tashqari, Niderlandiya prokuraturasi fuqarolik samolyotini urib tushirgan "Buk"dan foydalanish qarori qanday va kim tomonidan qabul qilingani haqida ham xabar beradi.

Avvalroq, Gaaga sudi Boeing ishi bo‘yicha to‘rtta ayblanuvchidan uchtasini aybdor deb topgandi. Ulardan Girkin, Dubinskiy va Xarchenko qurbonlarning yaqinlariga kamida 16 million yevro tovon puli to‘lashi kerak edi.

Shuningdek, Niderlandiya sudi MH17 ishiga aloqador Girkin, Dubinskiy va Xarchenkolarni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!