Nexia yo‘ldan o‘tayotgan shifokorni urib ketdi va u shifoxonada vafot etdi

Nexia yo‘ldan o‘tayotgan shifokorni urib ketdi va u shifoxonada vafot etdi

Navoiyda tezlikni oshirgan Nexia haydovchisi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishi, 2020 yilning 6 oktyabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani «Bo‘ston» MFY hududida tuman markaziy kasalxonasi qarshisidagi chorrahadan yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 49 yoshli shifokorni Nexia haydovchisi urib yuborgan.

Zarb oqibatida svetofor ustuniga urilgan piyoda bosh jarohati va oyoq sinishi bilan kasalxonaga yuborilgan.

Jabrlanuvchi shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan.

Tumanda holat yuzasidan jamoatchilik ishtirokida muhokama tashkil etilib, harakat ishtirokchilariga piyoda va haydovchining majburiyatlari tushuntirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!