Nemislar pul tejashga o‘tdi

Nemislar pul tejashga o‘tdi

Nemislarning yarmidan ko‘pi narxlarning keskin ko‘tarilishi fonida tejashga jiddiyroq munosabatda bo‘lishga majbur bo‘lmoqda. Buni NielsenIQ kompaniyasi so‘rovi natijalari tasdiqladi, deb yozadi "TASS".

Tadqiqotda 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Natijada, respondentlarning 52 foizi endi faqat eng kerakli mahsulotlarni sotib olishlarini tan oldi. Shuningdek, ishtirokchilarning 30 foizi umuman olganda kamroq tovarlar sotib olishni boshlaganliklarini qayd etishdi.

So‘rovda qatnashganlarning qariyb 44 foizi "qiziqarli va hashamatli" narsalarni sotib olishdan qochish niyatida ekanliklarini aytdi. Bundan tashqari, nemislarning 31 foizi restoranlarga tashrif buyurishni kamaytirishga harakat qilmoqda.

NielsenIQ eksperti Lotar Stiblinning ta’kidlashicha, odamlar narxlarni sinchiklab solishtirishadi va maxsus takliflarga ko‘proq e’tibor berishadi, shuningdek, arzonroq mahsulotlarga o‘tishadi yoki tez-tez diskontlardan xarid qilishadi. "Bugungi kunlarda tobora ko‘proq odamlar o‘zlariga ularsiz nima qilish mumkinligi haqida so‘rashayotgani va keyin buni amalga oshirishi ajablanarli", dedi Stiblin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!