Nega yo‘llarimiz tirband va haydovchilarimiz bir-birini hurmat qilmaydi?

A A A
Nega yo‘llarimiz tirband va haydovchilarimiz bir-birini hurmat qilmaydi?

- Baqiraverib xunob qilding, salon to‘ldi haydasangchi, oftobda jizg‘anak bo‘lyapmiz, - deydi qo‘lidagi paketini zo‘rg‘a ko‘tarib avtobusga chiqayotgan onaxon norozi ohangda konduktor bolaga.

- “Plan“ni kim to‘ldiradi opa, deydi haydovchi konduktor bolaning tarafini olib...

- Sartepo-Sho‘rboicha yo‘nalishi bo‘ylab qatnayman deydi, - 122-marshrut avtobusi haydovchisi Xayrullo Hamidov. – Kunlik belgilangan kassa rejam 350 ming so‘m. Marshrut bo‘yicha belgilangan vaqt bir soat. Ko‘p hollarda 10-minutgacha kechikib ketaman. Nega? Tirbandlik. Yengil avtomashinalarning bekatlarni band qilib to‘xtashi, sariq rangli taksilar esa yo‘lning istagan joyiga to‘xtab yo‘lovchilar bilan savdolashishi. Bu holatdan norozi bo‘lib gapirsangiz, yoqangizdan oladi. Nima emish, “Kutib turasan. Men ham rejamni bajarishim kerak”. Rejani bajarish, yo‘lning o‘rtasida to‘xtab, yo‘lovchi mindirish degani emasku? So‘nggi paytlarda asabimni buzmay deya, e’tibor ham bermay qo‘ydim. Lekin...

- Aka, mana bu tramvay yo‘lida katta tezlikda kelayotgan yo‘nalishli avtobusni suratga oling, - deydi sariq rangli, eshigiga “Terminal lyuks” MCHJ logotipi yozilgan neksiya mashinasi haydovchisi Feruz Murodov. Bilasizmi u nega bunday qilyapti? Sababi, u o‘zidan oldinda ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi. Sinchkovlik bilan e’tibor bering, hozir mana shu ikki avtobus haydovchilari bir-biri bilan yoqa-musht bo‘ladi. O‘rtada yo‘lovchilar sarson... – Aka, men shanba yakshanba kunlaridan tashqari kuniga 40 ming so‘mdan kassa topshiraman. Ko‘rib turibsiz, shaharda transport ko‘p, legal, ya’ni qonuniy transport xizmati ko‘rsatayotgan taksilar yetarlidek, nazarimda. Ammo, chekka qishloq va tumanlardan ertalab shaharga kirib kelayotgan yengil avtomashinalarning ko‘pchiligi kun bo‘yi shahar ichida kira qiladi. Kechasi shahar nafas olganday bo‘ladi. Chunki tumanlardan kelgan nolegal taksilar o‘z manzillari qaytib ketadi-da...

-Sartepo-Vokzal bo‘ylab harakatlanaman, - deydi 1-yo‘nalish marshruti tramvay haydovchisi Abbos Turdiyev. Grafik bo‘yicha manzilga 22 minutda borishim shart. Yo‘lovchilar norozi. Men esa bu talabni bajara olmayapman. Nega? Chunki, yo‘limni goh yo‘nalishli avtobus, goh yo‘nalishsiz taksilar, goh shaxsiy transport vositalari to‘sib qo‘ymoqda. Nazarimda transport juda ko‘payib ketdi. Shahar yo‘llari esa torlik qilyapti. 30 minutgacha manzilimga kechikib boryapman. Bu ketishda nima bo‘ladi, hayronman.

-Bu haydovchilar umuman bir-birini hurmat qilmaydi, - deydi piyodalar yo‘lagidan o‘tmoqchi bo‘layotgan Boynazar Norboyev ismli kishi suratga olayotganimni ko‘rib. – Qarang, biri hali yashil chiroq yonmasdan harakatlanib jo‘navorsa, ikkinchisi tinmay oldindagi mashinaga sirena chaladi. Dunyoda eng yomon ko‘radiganim, asossiz mashina sirenasini chalib, jamoatchilikda nafrat uyg‘otayotgan haydovchi. Men ko‘p davlatlarda bo‘lganman. Birgina Rossiyani olaylik, xudo ko‘rsatmasinu-u yerda mashinangiz signalini sal noo‘rin chalib yuborsangiz haydovchilar darhol sizga e’tiroz bildirishadi, kerak bo‘lsa gai xodimlari tomonidan qat’iy jarimaga ham tortilasiz. Bizda o‘z-o‘zini hurmat qilish odobi, ya’ni haydovchilik odobi shakllantirilishi kerak.

-Yo‘lovchi tashish transportida yuz berayotgan noxush manzaralar viloyatimiz aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani bor gap, - deydi O‘zbekiston transport vazirligi, Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Inatilla Hamrayev. - Bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Mana masalan, Yevropa davlatlarida taksiga o‘tirsangiz ko‘nglingiz yayraydi. Toza, ozoda. Haydovchining muomalasi, saviyasi yuqori. Qarang, bugun birgina Samarqand shahrining o‘zida 3500 ta yo‘nalishli taksi. Avtobuslar harakatlanishi og‘ir kechyapti. Tirbandlik. Grafikdan kechikib boryapti. Tunov kuni o‘zim monitoring qilish maqsadida Sartepodan, Ulug‘bekka avtobusda bordim. Avtobus, roppa-rosa 22 minut grafikdan kechikib bordi. Qancha targ‘ibot o‘tkazmaylik, bu muammolarga yechim topishga ojizlik qilyapmiz. Nazarimda odamlarning huquqiy ongi shakllanmas ekan, maqsadga erishishimiz mushkul.

Xullas, Samarqand shahri ko‘chalaridagi tirbandlikni, yo‘nalishli avtobuslar, tegishli lisenziyaga ega yo‘nalishsiz taksilar yuzaga keltiryapti deb o‘ylasangiz xato qilgan bo‘lasiz. Negaki, nolegal taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar soni kun sayin ortib borayotganining o‘ziyoq fikrimizni tasdiqlaydi. Masalan, shu yilning 8-15 iyul kunlari Samarqand viloyat transport boshqarmasi inspektorlari hamda Samarqand viloyat IIB Yo‘l Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma reyd davomida Samarqand viloyatida 192 nafar yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy choralar ko‘rish uchun tegishli sudlarga yuborildi.

Jumladan 8 iyul kuni Tayloq tumanida 26 nafar, 9 iyul kuni Samarqand shahrida 25 nafar, 10 iyul kuni Jomboy tumanida 25 nafar, 11 iyul kuni Oqdaryo tumanida 16 nafar Samaqrand tumanida 1 nafar Samarqand shahrida 9 nafar, 12 iyul kuni Qo‘shrabot tumanida 20 nafar, 13 iyul kuni Bulung‘ur tumanida 20 nafar, 14 iyul kuni Pastdarg‘om tumanida 4 nafar Nurobod tumanida 12 nafar, 15 iyul kuni Pastdarg‘om tumanida 28 nafar noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 176.3-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 16 iyul kuni esa shahar va tumanlarda yo‘nalishsiz taksi va avtobuslarning texnik, transport vositalarining sanitariya holati, haydovchilarning yulovchilarga nisbatan muomalasi, kiyinish odobi, avtobuslar oraliq bekatlarda asossiz ravishda uzoq vaqt davomida to‘xtab turishlari, yo‘lovchi tashish transportlari bir-birini quvib o‘tish qoidalarini buzish holatlarini oldini olish bo‘yicha viloyat transport boshqarmasini targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi va qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan lisenziya talablari va shartlari bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, korxonalarga tegishli transport vositalariga berilgan lisenziya varaqalari 10 (o‘n) ish kuniga to‘xtatish choralari ko‘rilmoqda.

Shu ma’noda, 15-iyul kuni viloyat hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar jamoat transporti masalalari ham qizg‘in muhokama etildi. Transport boshqarmasi va boshqa mas’ul rahbarlarga shahar ichida harakatlanayotgan avtobus va taksilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish vazifasi qat’iy topshirildi. Mavjud muammolar qisqa muddatlar ichida hal etilishi belgilab berildi. - Tez kunlarda Samarqand shahrida an’anaga aylangan “Sharq taronalari” festivali boshlanadi, - dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. – Xo‘sh bugun aholimiz transport xizmatidan qoniqyaptimi! Biz o‘zimiz rahbar bo‘lib eslolmaymiz, qachon jamoat transportiga o‘tirganimizni. Ertaga dunyoning turli burchaklaridan festivalga keladigan mehmonlar bizning jamoat transportimizga o‘tirib ijirg‘anmasligi kerak! Buning uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz shart.

Manba: "Xalq so‘zi onlayn"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.