"Navro‘z" arafasida O‘zbekistonga nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

"Navro‘z" arafasida O‘zbekistonga nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 18-20 mart kunlari respublika hududlarida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

18 mart kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 19 mart kuni tushdan keyin nam havo massalari Jizzax viloyatiga qarab harakatlanadi.

18 va 19 mart kunlari Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysida dam olish kunlari yomg‘irsiz ob-havo kuzatiladi.

20 mart kuni Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

18-19 mart kunlari respublikaning markaziy qismida havo harorati kunduzi +20...+25 daraja, kechasi +7…+12 daraja, janubiy hududlarda esa kunduzi +21…+26 daraja, kechasi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qayd etilishicha, respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!