Navoiyda voyaga yetmagan qizga mashinasini boshqarishga bergan haydovchi YTH oqibatida vafot etdi

Navoiyda voyaga yetmagan qizga mashinasini boshqarishga bergan haydovchi YTH oqibatida vafot etdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida voyaga yetmagan qizga mashinasini haydashga ruxsat bergan haydovchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 sentyabr kuni soat 17:30 larda 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Nexia rusumli avtomobilda Navoiy—Xatirchi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, yo‘l chetidagi daraxtlardan biriga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlarini olgan 33 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruv davomida aniqlanishicha, avtomobil salonida bo‘lgan marhum haydovchining tanishi, voyaga yetmagan 16 yoshli qiz unga mashina boshqarishga qiziqishini aytib, rulga o‘tirgan. Tajribasiz qiz tezlikni oshirgani sabab avariyaga uchragan. Hozirda u bosh miya lat yeyishi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!