Navoiyda uy ichida qulflanib qolgan 3 yoshli bola qutqarildi

Navoiyda uy ichida qulflanib qolgan 3 yoshli bola qutqarildi

Kecha, 28 iyul kuni Navoiy viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Navoiy shahar Tolstoy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birining kirish eshigi qulflanib, xonadonda 3 yoshli bolaning qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. 

Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog‘-salomat topshirdilar. 

O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!