Navoiyda qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Navoiyda qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

2020 yil 24 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1985 yilda to‘g‘ilgan Quchqorov Rayim (shaxsi o‘zgartirilgan) 2020 yil 30 aprel kuni soat 15:00larda Xatirchi tumani “XXX” mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyining xonasida, xona derazasini ochib qo‘yib, dam olib yotganida, uyini yonidan aholi foydalanishi uchun o‘tkazilgan ariq bo‘ylab tomorqasini sug‘orish uchun qo‘lida ketmon bilan o‘tib ketayotgan qo‘shnisi N.Mirzayevni, (shaxsi o‘zgartirilgan) ariq bo‘yiga ular tomonidan odamni haratlanishiga xalaqit beradigan jonli devor (jivoy izgorod) o‘simligi ekilganidan norozi bo‘lib, qo‘shnilar sha’niga haqoratli so‘zlarni aytib kelayotganligini eshitib, yotgan joyidan turib, uyning orqa tomoniga chiqib, ariq bo‘ylab ketayotgan N.Mirzayevni to‘xtatib, nima sababdan oilasini haqorat qilayotganligini aytib, u bilan o‘zaro janjallashgan. 

Shunda N.Mirzayev ariq aholi foydalanishi uchun o‘tkazilganligini, uning atrofiga ekilgan jonli devor o‘simligini olib tashlashni bir necha marta aytgan bo‘lsa-da, olib tashlamaganligini aytib, R.Quchqorov bilan tortishib, uni ariqqa itarib tushirib yuborgan vaqtida, R.Quchqorov bundan g‘azablanib, N.Mirzayevning qo‘lidagi ketmonni tortib olib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida ketmonning tig‘ tomoni bilan N.Mirzayevning hayoti uchun muhim bo‘lgan bosh sohasiga bir marta zarb bilan qasddan urishi natijasida N.Mirzayevga Sud-tibbiyot ekspertizasining 13.05.2020 yilgi 23-sonli xulosasiga ko‘ra hayoti uchun havfli bo‘lgan og‘ir tan jaroxati yetkazib, voqea joyida vafot etishiga sababchi bo‘lgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 13.05.2020 yilgi 23-sonli xulosasida N.Mirzayevning o‘limiga bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbaz suyagining sinishi hamda miya to‘qimasining ezilib, og‘ir darajali lat yeyishi, bosh miya to‘qimasiga, pardalari ostiga va qorinchalariga qon quyilishi kabi hayoti uchun havfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Sud, R.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga qisman iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib 11 (o‘n bir) yilga muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Go‘zal Tangriberdiyeva,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudya yordamchisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!