Navoiyda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga hukm o‘qildi

Navoiyda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

2000 yilda tug‘ilgan H.Xasanova (shaxsi o‘zgartirilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 2021 yil 23 iyundagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorini besh baravari miqdorida ya’ni 1.225.000 so‘m jarima jazosiga tortilgan bo‘lsa-da, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 2022 yil 10 aprel kuni Xatirchi tumanidagi dehqon bozori yonida joylashgan savdo markazi yonida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelib, xaridor SH.Po‘latovdan qonunga xilof ravishda har bir AQSh dollarini 11.250 so‘mdan hisoblab jami 300 AQSh dollarini 3.375.000 so‘mga sotib olishga kelishib, 300 AQSh dollarini olib, kelishilgan puldan 3.000.000 so‘mini berganida, Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Sud, H.Xasanovani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilsin va unga shu modda bilan 1 (bir) yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Habibulla Tuxtayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!