Navoiyda nogiron shaxsni avval tilanchilik qilishga majburlab, so‘ng vahshiylarcha o‘ldirishdi

A A A
Navoiyda nogiron shaxsni avval tilanchilik qilishga majburlab, so‘ng vahshiylarcha o‘ldirishdi

Etimlikda ulg‘aygan Ikrom 2016 yildan 2020 yilning aprel oyiga qadar turli manzillarda yashab keldi.

Shu orada sodir etgan o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlanib, Navoiy shahar sudining hukmi bilan unga nisbatan tayinlangan ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan edi. Sudda qilmishiga iqrorlik va pushaymonlik bildirgan bu yigit 20 yoshida undan-da o‘ta og‘ir, ya’ni qasddan odam o‘ldirish jinoyatiga qo‘l urdi. 

Ikrom 2020 yilning aprel oylarida yangasi Dilnozaning uyiga yashash uchun ko‘chib boradi. Tog‘asi chamasi yetti yillar ilgari vafot etgan, xonadonda esa yangasi Nigina ismli qizi va uning voyaga yetmagan o‘g‘li bilan birga unga notanish, 1-guruh nogironi bo‘lgan Sardor ismli shaxs ham yashar edi. 

Yangasi Dilnoza bolaligidan nogiron, aqli zaif, chap qo‘li va chap oyog‘i yoshligida ko‘mirdan qolgan cho‘qqa yiqilib tushib kuygan Sardorni odamlarning ko‘nglida rahm-shafqat uyg‘otishini nazarda tutib, 2 yildan buyon tilanchilik bilan muntazam shug‘ullanishga majbur qilib kelardi. Tilanchilikdan tushgan mablag‘ esa Dilnoza va uning qizi uchun kunlik ketadigan ehtiyojlarga sarf qilinar edi. 

Ikromning o‘zi esa Karmana tumanida plastik idishlarni to‘plab sotib, topgan pulining bir qismini yangasiga ijara uchun berib, shu asnoda kun kechirib yurardi.

Odatda aholi gavjum bozorlar atrofiga tilanchilik qilish uchun olib borilgan Sardor so‘nggi kunlarda bu kabi hayot tarzidan bezdimi, uydan tez-tez chiqib, boshi oqqan tomonga ketadigan, bir oz vaqt o‘tib, o‘zi yana qaytib keladigan odat chiqardi.

Bir kuni Dilnoza qizi Nigina va jiyani Ikromga Sardorni kelgusida uydan qochib ketishining oldini olish, uning tilanchiligi evaziga kelayotgan daromadni saqlab qolish maqsadida uni omborxonaga kiritib, ustidan qulflab qo‘yishlarini buyurdi. Shunday qilib, Sardor 2020 yil 12 iyundan 12 iyulga qadar havo haroratining issiqligi, inson yashashi uchun juda tor, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan kichik omborxonaga ustidan qulflab g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilingan.

2020 yilning 12 iyul kuni soat 22:00 larda Sardorning baland ovozini eshitib, Nigina bilan Ikrom uning yoniga kiradi. Nogironligi sababli bunday sharoitda ushlab turilgani uchun qiynalgan Sardor ularni haqorat qiladi. Bu haqoratdan g‘azab otiga mingan Nigina va Ikrom Sardorning og‘zini ro‘mol bilan bog‘lab, tashqariga olib chiqadi. Oyog‘ini metall zanjir bilan bog‘lab, o‘roq shaklidagi temir bo‘lagi bilan tanasining orqa va old qorin sohalari, qo‘l va oyoqlariga urib, unga tan jarohatlari yetkazib, qo‘llarini ip bilan bog‘laydi. Ammo nogiron bo‘lishiga qaramasdan Sardor ularga qarshilik ko‘rsatadi. Bundan qattiq g‘azablangan Nigina va Ikrom o‘zaro jinoiy til biriktirib, Sardorni qasddan o‘ldirishni maqsad qiladi.

Ikrom Sardorning qo‘llarini mahkam ushlab turgan bir paytda Nigina oyog‘i bilan uning bo‘yin sohasidan bosib turadi. Natijada Sardor unga yetkazilgan og‘ir tan jarohatlari va yuqori nafas yo‘llarining berkilishi oqibatida voqea joyida vafot etadi.

Sodir etilgan qotillik jinoyatining oqibatidan va javobgarlikdan qutilish maqsadida jinoyat izlarini yashirish uchun ular Sardorning jasadini oq rangli matodan tikilgan qopga solib, “Zarafshon” daryosiga olib borib tashlash, ashyoviy dalillarni esa yo‘q qilish payiga tushadi.

Ular bo‘lgan voqeadan xabardor qilish uchun uxlab yotgan Dilnozani uyg‘otadi. U esa vahimaga tushib, tezroq murdani yo‘qotishni buyuradi va murda solingan xaltani eshak aravaga ortib, jasadni “Zarafshon” daryosiga tashlab yuborishadi. “Bu ishni hech kimga sezdirmay amalga oshirdik, endi murdani suv oqizib ketadi, hech kimsa topa olmaydi”, deb xotirjamlikka berilib, har kungi turmush tarzida davom etishadi.
Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi, deyishadi. Jinoyat ikki kunda fosh bo‘ldi.

Sud majlisida sudlanuvchilar qilgan jinoyatlariga iqrorlik bildirdi. Endigina 20 yoshni qarshilagan Ikrom 17 yil umrini jazoni ijro etish koloniyasida o‘taydi, Nigina esa sud hukmiga ko‘ra 13 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Uning otasiz voyaga yetayotgan farzandi endi ona mehridan ham judo bo‘ldi. Sardordan tilanchilikda foydalangan va uni g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan Dilnozaga nisbatan sud tomonidan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
 

Aziza Ro‘ziyeva, 
Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron AQShning Iordaniyadagi F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlariga zarba berdi

Бу ҳақда Mehr ахборот агентлиги Эрон ҳарбий матбуот хизматига таяниб маълум қилди.

Eron urushni tugatish uchun AQShga ultimatum qo‘ydi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри манбага таяниб хабар берди.

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlanganini e’lon qildi

Аввалроқ Украина президенти Владимир Зеленский кенг кўламли ҳужум хавфи ҳақида огоҳлантирган эди.

Eron AQSh bazalariga qilingan hujumlarda birinchi marta "Zulfiqor" raketasidan foydalanganini e’lon qildi

Бу ҳақда Mehr нашри ИИҚК баёнотига таяниб хабар тарқатди.

AQSh Eron rahbarligi uchun asosiy nomzodni ma’lum qildi

Нашр суҳбатдошлари қайд этишича, ҳозирча Ғолибаф бўйича ҳеч қандай қарор қабул қилинмаган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Жасад 2026 йилнинг 23 март куни “Истанбул-Андижон” рейси орқали Ўзбекистонга юборилди.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ҳолат юзасидан Сирдарё вилоят прокуратураси томонидан мазкур МИБ давлат ижорчиларига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.