Navoiy viloyatidagi istirohat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy viloyatidagi istirohat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa 11 avgust kuni soat 15:15 da Qiziltepa tumani “A.Navoiy” MFY O‘zbekiston shoh ko‘chasida joylashagan “Madaniyat" istirohat bog‘i kirish qismida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:19 da o‘rab olingan va soat 15:21 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!