Navoiy shahrida yangi massiv quriladi, Zarafshon shahri hududi kengaytiriladi

Navoiy shahrida yangi massiv quriladi, Zarafshon shahri hududi kengaytiriladi

Navoiy shahrida yangi massiv quriladi, Zarafshon shahri hududi kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev xabar berdi.

"Hozirgi kunda viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab yuqoriligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ushbu masala Navoiy va Zarafshon shaharlarida o‘ta dolzarb. Shu bilan birga, kelgusi besh yilda Navoiy aholisi kamida 150 ming nafarga oshadi.

Shundan kelib chiqib, Navoiy shahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’ektlar barpo etiladi, Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qo‘shimcha 30 ming aholi yashashi uchun zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Sanoatchilar shaharchasi” quriladi, boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Bunda, joriy yildan boshlab, Karmana tumanida “Bag‘dod tajribasi” asosida uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini o‘z ichiga olgan Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi, 2 mingta xonadon ehtiyojmand oilalar uchun ajratilib, ularga 100 milliard so‘m subsidiya beriladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!