Navbatdagi Oliy sud Plenumi majlisi: qanday yangiliklar bor?

A A A
Navbatdagi Oliy sud Plenumi majlisi: qanday yangiliklar bor?

2020 yil 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan majlisda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Konstitusiyaviy sud va Sudyalar oliy kengashi vakillari ishtirok etdi.

Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan majlisda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan sud-huquq tizimida qat’iyat bilan amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar avvalo fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini amalda kafolatli himoyasini ta’minlash orqali ularni sud organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda o‘tgan qisqa davr mobaynida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va ko‘rilgan amaliy tadbirlar ushbu sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan oshirdi.

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihasi muhokama qilindi.

Ma’lumki, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari mustahkam bo‘lib, hech kim ularni sudsiz mahrum etishga yoki cheklashga haqli emas.

Sud himoyasi – mustaqil sud hokimiyati tomonidan odil sudlovni amalga oshirish orqali ta’minlanadigan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishning muhim instituti hisoblanadi.

Fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 44-moddasida belgilangan bo‘lib unga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni 2-moddasida sudning vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan.

Plenum majlisida muhokama etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi aynan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Ushbu qaror bilan sud himoyasi deganda, prosessual qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklashga qaratilgan sudlar faoliyati tushilishi kerakligi tushuntirilmoqda.

Navbatdagi Oliy sud plenumi majlisi: qanday yangiliklar bor?

Birinchi instansiya sudida ish qo‘zg‘atish uchun zarur shartlar hisoblanadigan, qonunda nazarda tutilgan dastlabki shartlar mavjud bo‘lganda, sud orqali himoya qilish uchun murojaat qilish huquqini amalga oshirish mumkin.

Ushbu shartlarning mavjud emasligi sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual, Iqtisodiy prosessual, Jinoyat-prosessual kodekslari va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq sudga murojaat qilish:

fuqarolik, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi, ariza (shikoyat) shaklida;

buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar, alohida toifadagi ishlar va prosessual qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;

apellyasiya, kassasiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual, iqtisodiy prosessual qonunlarga muvofiq sudlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha sudga murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Qayd etilgan Qonun 25-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslariga taalluqli murojaatlar sudga kelib tushganda, ular besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilingan holda yuborilishi lozim.

Shu bilan birga, sudlarning e’tibori murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga yuborishga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilmoqda.

Sudga qilingan murojaatlar prosessual qonunlarda belgilangan qoidalarga muvofiq shakl va mazmunda rasmiylashtirilishi kerak.

Murojaatlar sudga elektron hujjat shaklida ham yuborilishi mumkin.

Murojaatda xususan, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi haqidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri haqidagi ma’lumotlar, berilgan murojaat bo‘yicha huquqiy munosabatning mohiyati, murojaat va taqdim etilgan talabning yoki iltimosnomaning mohiyati, murojaatning sanasi ko‘rsatilishi lozim.

Navbatdagi Oliy sud plenumi majlisi: qanday yangiliklar bor?

Murojaatda murojaat etuvchining imzosi (raqamli imzosi) bo‘lishi ham majburiy talab hisoblanadi.

Shuni nazarda tutish lozimki, prosess ishtirokchilarining sud orqali himoya qilish huquqi ularga qonunda berilgan, qabul qilingan sud hujjatlari (ham qonuniy kuchga kirmagan, ham qonuniy kuchga kirgan) ustidan shikoyat qilish huquqi bilan ta’minlanadi.

Fuqarolik prosessual qonuniga muvofiq, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini qonunda belgilangan tartibda tekshirish haqida faqatgina, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar murojaat qilishga haqli.

Iqtisodiy prosessual qonun va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar apellyasiya, kassasiya yoxud nazorat  shikoyati berishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga kassasiya va nazorat shikoyati bilan murojaat qilish huquqi berilgan, bundan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.

Jinoyat-prosessual qonunida sud hukmi va ajrimi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan sud prosessi ishtirokchilarining doirasi aniq ko‘rsatilgan.

Xususan, sudning hukmi, ajrimi ustidan mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan - fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan – sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqlidir.

Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham sud hukmining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning qarori ustidan, o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ shikoyat berish huquqiga ega.

Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi taraflarning vakillari va advokatlari, bunday vakolatlar vakolat beruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgandagina, sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.

Qonun bo‘yicha nazorat instansiyasi sudiga murojaat qilishda ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari nusxalari, qonunda belgilangan hollarda esa, davlat  boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Ushbu shartlarning bajarilmasligi va murojaat qiluvchining prosessual holatini belgilash imkoniyatining mavjud emasligi, umumiy qoidalar bo‘yicha murojaatni ko‘rmasdan qaytarish uchun asos bo‘ladi.

Plenum qarorida sudlarning e’tibori murojaatlarni ko‘rish muddatlari va murojaat bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarni bayon qilish haqidagi qonun talablari, yoxud qonunchilik holatini murojaatning matni yoritilgan tilda tushuntirishga so‘zsiz rioya etilishi kerakligiga qaratilgan.

Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda raislik qilgan sudya murojaatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, ishlarni rasmiylashtirish va apellyasiya, kassasiya instansiyasiga yuborish muddatlariga rioya etilishi va prosess ishtirokchilarini ishni apellyasiya, kassasiya instansiyasi sudida ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinishiga shaxsan mas’uldir.

Agar murojaatlarda aniq bir ishni ko‘rishda sud (sudya) tomonidan prosessual qonun normalari buzilganligi haqidagi vajlar keltirilgan va shikoyatni ko‘rish jarayonida ushbu vajlar tasdiqlanganda, apellyasiya, kassasiya, nazorat instansiyasi sudlari ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha xususiy ajrim chiqarishi va uning nusxasini tegishli sudyalar malaka hay’atiga yuborishlari lozim.   

Sud hujjatlarining ijrosi lozim darajada ijro etilmayotganligi masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi sudlarga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi, bu haqda nazoratni amalga oshirish uchun qaror qabul qilgan yoxud qarorni ijro etish joyi bo‘yicha sudga xabar beriladi.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan kun va soatlarda qabul qilishni to‘g‘ri tashkil etish, sayyor qabullar o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek qabul qilish kunini asossiz ravishda ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaslik zarur. 

Jismoniy va yuridik shaxslarni sud orqali himoya qilish nafaqat ularning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash vositasi, balki odil sudlovni amalga oshirishda ham, umuman, faoliyatni tashkil etishda ham sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish vositasi bo‘lganligi sababli, sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish tavsiya etilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ushbu Plenum qarorlari fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Plenum majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. Yo‘ldoshev ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi matbuot xizmati

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

Мадриднинг «Реал» клуби собиқ футболчиси Хосе Сантамария 96 ёшида оламдан ўтди. Бу ҳақда «қироллик клуби» матбуот хизмати расмий хабар берди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

Abduqodir Husanov "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?

Хабарингиз бор, бугун Хосеп Гвардиола бошчилигидаги "Манчестер Сити" ўз майдонида "Арсенал"ни қабул қилиб, 2:1 ҳисобида таслим этди.

Superliga. 8-tur yakunlandi. Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

Суперлиганинг 8-тур учрашувлари ўз ниҳоясига етди. Мазкур турда бир қатор қизиқарли ва муросасиз беллашувлар бўлиб ўтди.

Trampning NUJ va’dasi dunyo matbuotda shov-shuvga sabab bo‘ldi

АҚШ президенти Дональд Трамп Пентагон яқин вақтда номаълум учувчи объектлар ҳақидаги маълумотларни ошкор қилишини айтгач, бу баёнот халқаро оммавий ахборот воситаларида катта муҳокамага сабаб бўлди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди