Navbatdagi huruj: Alla Pugachevaning ahvoli qanday?

Navbatdagi huruj: Alla Pugachevaning ahvoli qanday?

Maksim Galkin turmush o‘rtog‘i Alla Pugachevaning Ostankinodagi suratga olish ishlari chog‘ida ahvoli yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Birinchi kanal uchun Igor Nikolayevga bag‘ishlab suratga olinayotgan maxsus ko‘rsatuv chog‘ida xonandada allergik reaksiya hamda yurak huruji kuzatilgani to‘g‘risida xabarlar OAVda tinimsiz tarqatilayotgan edi. Shoumen ushbu holatga aniqlik kiritdi.

Qanaqa allergiya? Uning sog‘lig‘i yaxshi. Bularning barchasi to‘qib chiqarilgan. U o‘zini yomon his qilgani uchun s’emkadan ketib qolgani yo‘q. Shunchaki ketishi kerak bo‘lgani uchun ketgan , - deydi Maksim maxsus intervyusida.

Shuningdek, Pugachevaning turmush o‘rtog‘i Igor Nikolayevga bag‘ishlangan ko‘rsatuvning 29 noyabr kuni suratga olinganini, shundan so‘ng xonanda hech qayerda suratga tushmaganini ma’lum qildi.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!