Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy o‘zi hibsda bo‘lib turgan Vladimir viloyatidagi 2-axloq tuzatish koloniyasini sudga bergan. Bu haqda Navalniy "Instagram"dagi sahifasida ma’lum qildi. Uning aytishicha, qamoqxonaga o‘zi bilan olib kelgan kitoblarni berishmagan.
«Gap shundaki menga o‘zim bilan olib kelgan Qur’on kitobini berishmayapti. Men qamoqxonaga kirishimdan avval o‘z ustimda ishlash bo‘yicha qiladigan ishlarim ro‘yxatini tuzib bergandim. Ularda Qur’onni o‘qib o‘rganish va Payg‘ambarning (Muhammad s.a.v — tarj.) sunnatlarini o‘rganish bo‘lgan. Kitob o‘qish uchun sudlashish kerak bo‘lsa, sudlashaman ham. Nima, endi o‘zim bilan olib kelgan Qur’onni ham o‘qiy olmaymanmi? Ochlik e’lon qilganimning 13-kunida kayfiyatim faylasufona bo‘lib turgan bir vaqtda-ya...», degan Navalniy.
Uning aytishicha, qamoqxonaga o‘zi bilan bir dunyo kitob olib kelgan va yana qo‘shimcha kitoblar buyurtma qilgan. Ularni esa ekstremizm bo‘yicha tekshirish 3 oydan buyon davom etmoqda.
Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Navalniy fevral oyida Iv Roshe ishi bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilingandi. Avgust oyida zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan siyosatchi davolanishni Germaniyada davom ettirgan va Rossiyaga qaytgan kunidayoq qo‘lga olingan. 31 mart kuni siyosatchi oldiga shifokorni kiritishmagani uchun ochlik e’lon qilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 13 aprel kuni uning oldiga xotinining kirishiga ruxsat berilgan. Yuliya Navalnaya siyosatchining juda ozib ketganini aytgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.