NATO a’zolari yana bittaga ko‘paymoqda

NATO a’zolari yana bittaga ko‘paymoqda

AQSh Shimoliy Makedoniyaning NATOga a’zoligi to‘g‘risidagi protokolni ma’qulladi.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo o‘z bayonotida ma’lum qilgan.

Joriy yilning fevralida NATOga a’zo davlatlar Shimoliy Makedoniyaning Alyansga qo‘shilishi haqidagi protokolni imzolagan edi. Endilikda ushbu hujjatni tashkilotga a’zo 29 mamlakat ratifikasiya qilishi lozim. Ayni paytda Shimoliy Makedoniya NATO faoliyatida taklif etilgan a’zo sifatida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Makedoniyaning nomini Shimoliy Makedoniya qilib o‘zgartirish qarori 2018 yil iyun oyida qabul qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!