Namanganlik fuqaro sayyor sudda sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘ldi

Namanganlik fuqaro sayyor sudda sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘ldi

Dastlabki tergov organi hujjatlariga ko‘ra, K.Yu 2021 yil 24 fevral kuni  fuqaro SH. M.ning boshqaruvida bo‘lgan “Jentra” rusumli avtomashinasini Chust shahar Do‘stlik MFY hududida joylashgan avtomashinalar yuvish joyiga yuvdirish maqsadida tashlab, tushlik qilish uchun ketgan vaqtida, uning avtomashinasi salonidadan 5000 so‘mlik kupyuradagi jami 500.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Jabrlanuvchi M.Sh sud majlisida, yarashuv to‘g‘risidagi arizasini quvvatlab, sudlanuvchi K.YU.ga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, yetkazilgan zarar to‘liq qoplaganligi, arizani o‘z xohishi bilan yozganligini, unga biron-bir tazyiq bo‘lmaganligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligi haqida ko‘rsatuv berib, jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatishni so‘radi.

Sud majlisida  K.YU., yarashuv to‘g‘risidagi arizasini quvvatlab, aybiga o‘z ixtiyori bilan to‘liq iqror ekanligi, qilmishidan pushaymonligini, sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvchi bilan biron-bir tazyiqsiz yarashib olganligi haqida ko‘rsatuv berib, jinoyat ishini yarashganlik munosabati bilan tugatishni so‘radi.

Sud, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-1-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini inobatga olib, jinoyat ishini yarashganligi munosabati bilan  tugatib, ayblanuvchini javobgarlikdan ozod etdi.

Saidjon Badriddinov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!