Namangandagi mashina bozorida janjal yuzaga keldi

Namangandagi mashina bozorida janjal yuzaga keldi

Yangi Namangan tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan, avtomashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinasini sotish maqsadida Yangi Namangan tumani, «Kelajak tongi» MFYda joylashgan avtomashinalar sotish bozoriga boradi.

U bozor atrofida yuzaga kelgan tirbandlik tufayli o‘zidan oldinda turgan «Tiko» rusumli avtomashina haydovchisi, Chortoq tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2009 yilda JKning 166-moddasi bilan sudlangan, avtomashina ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi fuqaro bilan o‘rin-joy talashib, baqir-chaqir qilib, atrofdagilarni o‘ziga tortib, bir-birlari bilan o‘zaro og‘zaki ravishda tortishishgan.

Tortishuv davomida biror bir kishi tan jarohati olmagan va shikastlanish belgilari aniqlanmagan.

Mazkur tortishuv atrofdagi fuqarolar tomonidan uyali aloqa vositalarida videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!