Namanganda yirik sement zavodi quriladi

Namanganda yirik sement zavodi quriladi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Namangan Jinmingyang building materials yirik sement zavodi poydevoriga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida barpo etiladi.

Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov investorlarning hudud iqtisodiyotiga ishonchi mamlakatda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlar sharofati ekanligini ta’kidladi.

Namangan Jin ming yan building materials mahalliy “Bunyodkor Maxsudbek Fayz” va Xitoyning Hebei Yijia Cheng Trading Co. LTD kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ayni paytda Namanganda xorij kapitali ishtirokida 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 tasi  Xitoy bilan hamkorlikda ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!