Namanganda yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi

Namanganda yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 37 yoshli F.S. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 5.000.000 so‘m pullar noma’lum tarzda yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 27 yoshli A.YO. ekanligi, u jabrlanuvchining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, sms xabarnoma yuborish orqali akkauntni boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan va bank kartasidagi pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan A.YO.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Qonunga muvofiq, A.YO. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!