Namanganda universitet yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda universitet yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 08:50 atrofida Namangan davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyining oshxona qismida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, yong‘in elektr tokining qisqa tutashuvi sabab yuzaga kelgan.

Hodisa Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in vaqtida yotoqxonada hech kim bo‘lmagan. Oqibatda oshxonadagi bir dona muzlatgich yonib, zararlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!