Namanganda soxta IIB xodimi qamoqqa olindi

Namanganda soxta IIB xodimi qamoqqa olindi

Namanganda soxta IIB xodimi qamoqqa olindi. U fuqarolarni Ichki ishlar organiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, chuv tushirib kelgani ma’lum bo‘ldi.

IIB tomonidan Uychi tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ishlashini, amakisi esa DXXdagi yuqori lavozimlardan birida faoliyat olib borishini aytib, fuqarolarni aldab kelgani aniqlangan.

U 2022 yilning noyabr oyida bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni aytib, 800 AQSh dollari, keyinchalik undan ham yuqori lavozimga ishga o‘tkazishni aytib jami 7600 AQSh dollari pullarni o‘zlashtirgan. Andijonlik fuqaroni ham yolg‘on va’dalar bilan 300 AQSh dollarga chuv tushirgan.

Firibgar fuqarolarni aldash uchun organ xodimlarining maxsus libosini tiktirib olgani aniqlandi.

Soxta IIB xodimi qilgan ishidan afsuslanganini qayd etgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi va 28-modda orqali jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. U qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!