Namanganda qoidabuzar haydovchi ayolning dugonasi so‘roqqa tutildi (video)

Namanganda qoidabuzar haydovchi ayolning dugonasi so‘roqqa tutildi (video)

Avvalroq, Namanganda ayol haydovchi YHXB xodimlarini haqorat qilib, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xabarda qoidabuzar ayol haydovchining yonida yo‘lovchi dugonasi ham borligi qayd etilgan.

Shuni kuni Z.N. so‘roqqa tutildi. U o‘rtog‘ini bungacha ham ikki marta YPX xodimlariga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirganini, uchinchi marta soha xodimlari tomonidan to‘xtatilganda qaysarlik qilganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, u homilador ekanligini va jahl ustida nojo‘ya gaplarni aytgani uchun kechirim so‘radi.

"Haydovchi qoidabuzar qiz esa Namangan shahrini tark etgan", - deyilgan IIB xabarida.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!