Namanganda maktab direktori o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, tozalash ishlariga majburladi

Namanganda maktab direktori o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, tozalash ishlariga majburladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘qituvchi mardikormi?” nomli tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tuman XTBga qarashli 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori 2022 yil iyun hamda iyul oyilarida 10dan ortiq maktab o‘qituvchilari va boshqa xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, ularni maktab hududida obodonlashtirish ishlariga majburan jalb qilganligi aniqlangan.

Maktab rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan (15 000 000 so‘m) jarimaga tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!