Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

Namanganda sodir bo‘lgan YTH o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg‘ona halqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 51-kilometrida "Lacetti" rusumli avtomashinani "Namangan-Chust" yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, "Vaz 2107" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida "Vaz-2107" avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar bor, jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!