Namanganda ikki fuqaroni kaltaklab videosini tarqatganlar qamoqqa olindi (Video)

Namanganda ikki fuqaroni kaltaklab videosini tarqatganlar qamoqqa olindi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro 6 nafar shaxs tomonidan kaltaklanayotgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat Namangan shahrida sodir etilganligi ma’lum bo‘lgach, ichki ishlar xodimlari tomonidan bezorilar qo‘lga olindi va ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

7news.uz ning yozishicha, tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida bo‘lgan yigit shu yil 29 yanvar kuni tungi soat 23. 30 atrofida 5 nafar og‘aynisi bilan Namangan shahrida joylashgan tungi klubga borib, ertasi kuni tonggi soat 5 ga qadar klubdagi bazmni davom ettiradi. So‘ng nonushta qilish maqsadida boshqa bir tamaddixonaga kelganda shu yerdagi uch nafar tengdoshlaridan birini do‘pposlab ketadi.

Mast holatdagilar bilan mushtlashishni xohlamagan yigitlar ularni tinchlantirishga harakat qiladi, biroq vaziyat jiddiy tus oladi. Ammo jabrlanuvchilar holat bo‘yicha hech qayerga shikoyat qilmaydi.

Mushtlashuvni boshlagan shaxslar kafening kuzatuv kamerasi xotirasiga yozilib qolgan videotasvirlarni telefonga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuboradi. Internet tarmog‘ida kuzatuvchilar e’tiborini qozonish maqsadida bo‘lgan yigitlar qilmishlarini o‘zlari fosh etganliklarini sezmay qoldi. Namangan shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ularning barchasi qo‘lga olindi.

Endigina 19-20 yoshga kirgan, ayrimlari kollej o‘quvchisi bo‘lgan va vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga keltirilgan yoshlar spirtli ichimlik ichib, yarim tunda ko‘cha daydish va mushtumzo‘rlik qilish oqibatini tushunib yetgan bo‘lsa ajab emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!