Namanganda «Damas» haydovchisi fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Namanganda  «Damas» haydovchisi fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu kuni soat 13:45 atrofida Sutlibuloq mahallasida sodir bo‘lgan. Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 52 yoshli fuqaro «Damas»ni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Oqibatda yo‘lni kesib o‘tayotgan 1946 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Qayd etilishicha, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 1 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!