Namanganda bepul taksi yo‘lga qo‘yildi

Namanganda bepul taksi yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, bir necha uzaytirishlardan so‘ng qishki ta’til nihoyasiga yetib, 23 yanvardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida darslar boshlandi. Ayni sovuq kunlarda o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishi uchun qulaylik yaratish maqsadida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Namangan hududiy filiali xodimlari tomonidan bepul yengil avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oyina.uz yozmoqda.

«Mana shunday sinovli kunlarda Hududiy elektr tarmoqlari AJ Namangan hududiy filiali tomonidan odamni xursand qiladigan xayrli, savobli tashabbus yo‘lga qo‘yildi. Ko‘ngilli haydovchilarni o‘z safimizga chorlaymiz», deyiladi xabarda.

Namangan HETK matbuot kotibi Dilshod Abduvosiyevning ma’lum qilishicha, har kuni ertalab va kechki payt yo‘lda sovuqda turgan o‘quvchilarni maktabga yetib borishlari hamda qaytishlari uchun bepul transportlar, 5 ta Damas, 5 ta yengil mashinalar ko‘ngilli sifatida xizmat ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!