Namanganda 3 ta mashina YTHga uchradi

Bugun, 15 mart kuni Namangan shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.
Hodisa soat 09:10 larda Namangan shahrining “Mustaqillikning 10 yilligi” ko‘chasida yuz bergan. Spark avtomashinasi belgilanmagan joydan qayrilishi oqibatida orqasidan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 va Nexia-2 rusumli transport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avtomashinalar texnik shikastlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)