Nahotki, internetdan boshqa barcha OAV o‘z faoliyatini yakunlasa?

A A A
Nahotki, internetdan boshqa barcha OAV o‘z faoliyatini yakunlasa?

Amerikalik shoir va essenavist Djon Barlou “Sharobni xumsiz sotish: Global Tarmoqdagi ong iqtisodiyoti” nomli izlanishida shunday yozadi: “Axborot predmet emas, jarayon, harakatdir. U harakatga kelganda kuchli jarayonlar boshlanadi”. Darhaqiqat, bugungi kunda axborot gazetalar sahifasidagina aks etgan material, maqola emas. U ijtimoiy tarmoqlar, internetning cheksiz to‘rlarida millionlab odamlar ongiga ta’sir etuvchi jarayondir.

Bugun axborot muallif yozib bo‘lgandan keyin yakunlanadigan ijod namunasi emas. Axborot zamonaviy texnologiyalar yordamida ijtimoiy, siyosiy ta’sirga ega kuchli jarayonga aylandi. Aynan axborot nima? degan savolga javob beradigan, “jozibali”, “mo‘’jizali” kabi tavsiflanadigan predmet emas, balki nima uchun?, nima sababdan? qanday qilib? kabi minglab savollarga javob beruvchi, haqiqatni oshkor etuvchi, barchani faollikka undovchi jarayon, faol harakatdir.

OAV evolyusiyasini kuzatar ekanmiz, o‘tgan asrda bosh axborot vositalari bo‘lgan televideniye, radio, matbuot safiga bugungi kunda internet jurnalistikasi, ijtimoiy tarmoqlar hamda blog jurnalistikasi ham kirib keldi. Ya’ni, yangi zamonaviy texnik imkoniyatlar bilan shakllangan jurnalistika ko‘rinishlari interaktiv jurnalistika taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Aynan interaktiv imkoniyatlar tufayli internet ommalashdi.

Interaktiv jarayonlarda auditoriya axborot iste’molchisidan — hammualiflik darajasiga ko‘tarildi. Auditoriya vakillari erkin fikr bildirmoqda. Oddiy insonlar o‘z so‘zini aytmoqda. OAV propaganda vositasi emas, auditoriya minbariga aylandi.

Bu jarayonning yana bir xususiyati bor – bosma nashrlar o‘z muxlisini yo‘qotishni boshladi. Auditoriya mutolaa qilishdan ko‘ra, o‘z fikrini bayon qilishga, bahslashishga, “selfi qilib” o‘zini namoyish qilishga ko‘proq qiziqib qoldi. Oddiy odamlar yillar davomida targ‘ibot mashinasining ta’sir doirasi bo‘lishdan charchashdi. Ular o‘z fikrini baralla aytishni istashyapti. Yillar davomida “jannatdan xabarlar”dan to‘ygan auditoriya haqiqatni eshitishni, tanqidiy materiallarni o‘qishni, o‘z fikrini erkin bayon qilishni istaydi.

Ana shunday jarayonda kitob o‘qimaydigan avlod voyaga yetdi. Texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan, dunyoqarashi keng, o‘z fikrini bemalol ifoda qila oladigan, kommunikasiyaga tez kirisha biladigan bu avlod – afsuski, gazeta o‘qimaydi, radio eshitmaydi… Faqat internet orqali axborot oladi. Internetda maqola o‘qiydi, audio eshitadi, video ko‘radi va…o‘zi ham yaratadi. O‘zi blog yuritadi, o‘zi rasmga oladi, foto va video s’yomkalarni amalga oshiradi, montajini qiladi.

Jurnalistika xalqchillashib, ommalashdi. Axborotni qo‘lida mobil qurilmasi bo‘lgan har kim yarata olyapti. Butun dunyoda, jurnalistika ilmida fuqarolik jurnalistikasi paydo bo‘ldi va keng tarqaldi.

Mazkur jarayonlar bosma matbuotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mobil qurilmadagi muloqotga ko‘nikkan odamlar gazetalar o‘qimay qo‘yishdi. Yurtimizda aksariyat gazetalar o‘z faoliyatini tugatishdi, ba’zilari yopilish arafasida turibdi. Masalan, necha yillik tarixga ega bo‘lgan “O‘zbekiston matbuoti”, “Mushtum” jurnallari chop etilmayapti. Ko‘pchilik gazetalar inqiroz arafasida turishibdi.

Obuna masalasi muammo bo‘lgandan keyin hatto “Ma’rifat” gazetasi ham murakkab sharoitda. Ikki yoki uch oyda bir chiqadigan ilmiy nashrlar ham o‘zini — o‘zi qoplashga qiynalishyapti. Internet paydo bo‘lgunga qadar har bir xonadonda “Saodat”, “Fan va turmush”, “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallari mutolaa qilingan. Hozirda kamdan- kam xonadonlarda gazeta, jurnallarga obuna bo‘lishadi. Ko‘pchilik axborotni asosan mobil qurilma, internet saytlari orqali izlaydi.

Ha,texnologik imkoniyatlarning ommalashuvi zamonga moslashmagan an’anaviy mediani iqtisodiy tanazzulga olib keldi. “Gazeta, umuman bosma nashrlarning kelajagi yo‘q”, “hech kim endi gazeta o‘qimaydi” kabi mulohazalar ko‘paydi. Ilmiy nazariy jihatdan bu hali boshlanishi. Navbat, radio va televideniyega ham kelishi mumkin. Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Nahotki, internetdan boshqa barcha OAV o‘z faoliyatini yakunlasa?

Jahon, xususan, G‘arb tajribasining ko‘rsatishicha, vaqt o‘tib, an’anaviy, bosma nashrlarga qiziqish ortadi. Ya’ni, an’anaviy media bilan zamonaviy media bir-birlarini inkor etmay, to‘ldirib keladi. Buning uchun an’anaviy media raqamli texnologiyalar shaklida sintezlashishi kerak. Bir misol keltirsak, televideniye paydo bo‘lgandan keyin,teatr kelajagi haqida turli fikrlar bildirildi. Ammo vaqt o‘tib ham, teatr san’atdagi o‘z o‘rnini saqlab qola oldi.

Faqat bir qism tomoshabinlarini yo‘qotdi. Haqiqiy muxlislar teatrga borishga vaqt va mablag‘ topdi. TV arzon, qulay, hammabop. Uzoq davom etuvchi “sovun ko‘pigi”dek seriallardan charchagan ziyolilar –haqiqiy san’atni, teatrni sog‘inishdi. Jonli ijro, jonli ko‘z yoshlar, improvizasiya qadrlaydigan ziyoli qatlam teatrni unutmadi, teatrdan uzoqlashmadi.

Teatr o‘z mavqeini saqlab qoldi. O‘tgan davr mobaynida shuni kuzatdik, televideniye teatr o‘rnini bosa olmadi. Teatr bilan televideniye bir-birini to‘ldirib kelmoqda. Spektakllar televideniye orqali namoyish qilinadi. Yangi sahna asarlari efirda reklama qilinadi. Televideniyeda mashhurlikka erishgan, to‘ylarda tirikchilik qilgan aktyorlar teatrda mahoratlarini sayqallashdi.

Ana shu evolyusion tajribaga asoslanib, zamonaviy tendensiyaga ko‘ra, internet, ijtimoiy tarmoqlar matbuotning o‘rnini bosa olmaydi. Sifatli matbuot o‘z o‘rnini yo‘qotmaydi. Faqat yangi texnologiyalar orqali bir oz zamonaviylashish kerak.

Teatr efirdagi reklamasi orqali muxlislarini jalb qilgani kabi veb sahifalari, ijtimoiy tarmoqlardagi versiyalari, internet saytlari bilan gazeta o‘z auditoriyasini shakllantirishi kerak. Bu zamon talabi. Bu davr talabi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, matbuot bir- birini inkor qilmay, o‘zaro to‘ldirib keladi.

Oddiy misol. Rossiyada chop etiladigan “Argumenti i fakti” gazetasini olaylik. Bu bosma nashr hanuz, hatto, O‘zbekistonda (!) ham o‘z muxlislariga ega. “AiF” ning internet sayti, mobil ilovasi auditoriyaga taqdim etiladi. Tahlil qiladigan bo‘lsak, mazkur gazeta o‘quvchi uchun raqobat jangiga kirib internet va ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘z versiyasini yaratdi.

Zamonaviy multimediaviy shakllarini ishlab chiqdi. Gazeta, radio, televideniyening xususiyatlarini jamlagan multimedia jurnalistika talablariga ko‘ra, bu gazeta mavzu va auditoriya qamroviga ko‘ra ixtisoslashgan, siyosat, sport, tibbiyot kabi yo‘nalishlarga ega. Ixtisoslashuv saytdagi ruknlarida ham, alohida telegramm kanallarida ham aks etgan.

OAV uchun ixtisoslashuv nihoyatda muhim jarayon. Chunki har bir media maqsadli auditoriyasi uchun xizmat qiladi. Maqsadli auditoriyasini o‘rganish jahon tajribasiga ega mediaxoldinglarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oddiy misol, BBCning o‘zbek auditoriyasi uchun radiosi ham, internet sayti ham mavjud. Saytda ham audio, ham video, ham matn shaklidagi materiallar beriladi.

Hozir bu kanalning mazmuni emas, balki efir shakli haqida so‘z yuritar ekanmiz, maqsadli auditoriya uchun efir shakllariga e’tibor qaratish zaruratini ta’kidlab o‘tish kerak. Jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan BBC da sohaga yo‘naltirilgan ixtisoslashuv ham kuzatiladi.

Masalan, geografiyaga oid teledasturlari bugungi kunda butun dunyoda o‘z muxlislariga ega. Ko‘pchilik yangiliklar jurnalistikasi namoyondasi deb biladigan bu kompaniya maqsadli auditoriyasini har kunlik, har soatlik monitoringini olib boradi. Bu izlanish natijalari amaliy faoliyatida aks etadi.

Yurtimizda ham zamon talabiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan bosma nashrlar mavjud. Imkoniyatlari keng bo‘lgan markaziy nashrlar qatorida yangi bosma nashrlar ham o‘z o‘quvchisiga ega bo‘lmoqda. Masalan, “Bolalar adabiyoti” jurnalini misol tariqasida olaylik. Har bir jurnal soniga ilova tariqasida jurnalda chop etilgan materiallarning audiosi yozilgan disk ham ishlab chiqilyapti.

Kitob o‘qishga qiziqmagan o‘quvchi audio orqali hikoyani tinglab qiziqqach, jurnalni ham varaqlay boshlaydi. Qayta -qayta tinglash bilan she’rlar yod olinadi. Chiroyli rasmlar bilan jurnalning bezatilishi yosh kitobxonni o‘ziga jalb qiladi.

Bosma nashrlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha yuqorida multimediaviylik(sayt, mobil ilovalardagi versiyalar)ni hamda ixtisoslashuvni sanab o‘tgandik. Mazkur “Bolalar adabiyoti” jurnali orqali yana bir talab — chiroyli, zamonaviy dizaynning zarurati ham mavjudligini aytib o‘tish kerak.

3D, HD kabi zamonaviy texnik imkoniyatlar bilan “erkalanib ketgan” tomoshabin uchun kreativ, noodatiy, yorqin va o‘ziga xos dizayn kerak. Mediabozor sharoitida gazeta -mahsulot, o‘quvchi -haridorga aylandi. Bozorda “op qoling, kepqoling” deb sotuvchi xaridorni chaqirsa, gazetalar bosma, internet, mobil versiyalarining zamonaviy dizayni bilan o‘z o‘quvchilarini jalb qiladi.

Zamon talablari gazeta xodimlari shtatini kengaytirishni ham talab etadi. SMM bo‘yicha mutaxassis, dizayner, videoni ham, fotoni ham olishni biladigan mutaxassis kabi shtat birliklari kerak. Bosh muharrirlar faqat gazeta mazmuni, maqolalar mavzusini tahrir qila oladigan yaxshi mutaxassis bo‘lishi bilan birga mediamarketing bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Yoki marketolog, menejer, prodyussyor kabi xodimlarni ham ishga jalb qilishga to‘g‘ri keladi.

Axborot yaxshi ishlangan, mukammal predmet emas, u doimiy harakat, o‘ziga xos jarayondir. Albatta, internet va mobil qurilmalardan charchagan auditoriya ertami, kechmi sifatli matbuotga qiziqib qoladi. Mushtariylar: “O‘zimizni, jonajon gazetalarimizni o‘qishga nima yetsin? Shu, internetni o‘qib ko‘zim og‘rib ketdi” deb, gazeta, jurnal, kitob o‘qiydigan, ularga obuna bo‘ladigan vaqtlar ham keladi. Faqat bunda sifatli, xolis, ishonchli va dolzarb masalalarni kun tartibiga qo‘ya olgan bosma nashrlargina o‘z muxlislarini topa oladi.

Yulduz Ortiqova
filologiya fanlari nomzodi

Manba: tarjumon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» bugun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘yin o‘tkazadi

Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.