Nahotki! Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda

Nahotki! Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda

Ikkinchi jahon urushi tarixini o‘zgartirishga urinish davom etmoqda, bu ishni nafaqat nasistlar hamtovoqlari, balki hurmatli xalqaro institutlar ham amalga oshirmoqda, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin. U shuningdek, Ulug‘ Vatan Urushi haqida beandisha uydirmaga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lganlar, axborot urushida ayblanayotganini, ammo Rossiya haqiqatni tan olishlari uchun harakatlarini davom ettirishini ma’lum qildi.
 

"Tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlar to‘xtamayapti. Ularga nafaqat nasislar sheriklari merosxo‘rlari qo‘shilmoqda, balki endi bu ish bilan juda hurmatli xalqaro institutlar va yevropa tuzilmalari ham shug‘ullanmoqda", - dedi Putin "Pobeda" tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida.

U shuningdek, Yevropa parlamentining yaqinda qabul qilingan rezolyusiyasi "nasist tajovuzkorlar va Sovet Ittifoqini bitta doskaga qo‘yganini" eslatib o‘tdi.

"SSSRni sal qolsa nasist Germaniyasi bilan bir qatorda Ikkinchi Jahon Urushini boshlaganlikda ayblashdi. 1931 yilning 1 sentyabrida Polshaga, 1941 yilning 22 iyunida Sovet Ittifoqiga kim hujum qilgani go‘yoki ularning esida yo‘q", - dedi Putin.

"Kimda kim bu singari beandisha, haqiqatga mutlaqo mos bo‘lmagan yolg‘onga qarshi kurashmoqchi bo‘lsa, u holda bundaylarni oldindan demokratik Yevropaga qarshi axborot urushini olib borayotganlikda ayblashmoqda. Bu iqtibos. Bizning yolg‘onga javobimiz - bu haqiqat. Biz voqealar haqida, Ulug‘ Vatan Urushi faktlari haqida gapirishda davom etamiz, arxiv ma’lumotlarini borligicha namoyon etamiz va ommaga yetkazamiz, aks holda shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, ayrim opponentlarimiz go‘yoki yozishni yoki o‘qishni bilmaydi, ularning ko‘zi yo‘qday, go‘yoki ular hech narsadan bexabar. Biz esa shu haqda gapiramiz", - dedi RF prezidenti.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!