Nahotki! Erkak kishiga homiladorlik taxshisi qo‘yildi

Nahotki! Erkak kishiga homiladorlik taxshisi qo‘yildi

Rossiyaning Ufa shahrida yashovchi Salavat Asxatovga homiladorlik tashxisi qo‘yildi va ginekologga murojaat qilish tavsiya qilindi. Bundan “shokka” tushgan Salavat hodisani beparvolik hamda mas’uliyatsizlik, rasmiylar esa "texnik xato" deb atashmoqda.

Ufa fuqarosi o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqea haqida ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

"Kasalim tarixiga ko‘ra, men homiladorman. Ufadagi 21-kasalxonada beshinchi kundan buyon yotibman", deb yozgan erkak.

Ta’kidlanishicha, Salavat ikki tomonlama pansinusitga aylangan o‘tkir bronxit asorati sabab kelib chiqqan O‘RVIga chalingan.

"Men o‘zimning tibbiy tariximni ko‘rib chiqdim. Xullas, birinchisi - men tishimni vaqtida davolatmaganman. Ikkinchidan, ambulatoriya sharoitida davolanganman. Va, uchinchidan, men homiladorman, shuningdek, ginekolog bilan maslahatlashishim kerak ekan. Bu beparvolikmi yoki mas’uliyatsizlik", deya qo‘shimcha qilgan Salavat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fakt bo‘yicha tibbiyot muassasasi allaqachon ichki tekshiruv o‘tkazgan. Mahalliy mutasaddilarning aytishicha, bemorning hujjatlarida texnik xato bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!