Muzrabot va Furqat tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Muzrabot va Furqat tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot va Furqat tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “T.f.” oilaviy korxonasi hamda “Ph” MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga “Tebantin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini reseptsiz sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 149 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!