Janubiy Koreyaning Chongju shahrida Butunjahon jang san’atlari festivali doirasida jangovor sambo bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bir guruh sportchilar ham ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Quvonarlisi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug sport vzvodi sportchisi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jo‘rabek Qobilov o‘z vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.
Jo‘rabekning yutuqlariga bir nazar:
2017 yil
5 – 8 aprel. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hamda Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab «Kombat Aykido» bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatida – 1-o‘rin;
14 – 16 aprel. Jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
22 – 23 aprel. USHU bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
18 – 21 sentyabr. Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi professionallar o‘rtasida – 3-o‘rin;
Oktyabr. Universal jang bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 1-o‘rin;
Noyabr. Jangovar sambo bo‘yicha Sochi (Rossiya Federasiyasi) shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ishtirokchisi.
2018 yil
5 – 7 yanvar. Universal jang bo‘yicha respublika ochiq chempionatida – 2-o‘rin;
29 – 31 yanvar. Sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida hamda jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
3 – 4 fevral. Jiu-Jitsu bo‘yicha Toshkent shahar ochiq turnirida – 1-o‘rin;
8 – 9 fevral. Universal jang bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatida professionallar o‘rtasida – 2-o‘rin;
3 may. Farg‘ona shahrida qo‘l jangi bo‘yicha – 3-o‘rin;
5 – 7 may. Jiu-jitsu bo‘yicha Respublika birinchiligi 85 kg vazn toifasida 1-o‘rin va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma;
9 – 12 may. O‘zbekiston chempionati universal jang bo‘yicha – 2-o‘rin.
Bular harbiy sportchining o‘tgan ikki yilda qo‘lga kiritgan yutuqlari. Hali oldinda ko‘plab chempionatlar turganini inobatga olsak, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jo‘rabek Qobilovda bu kabi yutuqlar ko‘p bo‘ladi.
Unga omad tilagan holda, yangi marralarni zabt etishiga ishonib qolamiz.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.
«Ўзгидромет» маълумотига кўра, феврал ойининг биринчи беш кунлиги нам об-ҳаво билан бошланади, республика бўйича асосан ёмғир кўринишидаги ёғингарчилик кузатилади.
14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.
Бу хабар Кремл матбуот котиби Дмитрий Песков орқали расман эълон қилинди. Унинг айтишича, “музокараларни бошқа жойда ўтказиш ҳақида гапириш мақсадсиз”.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.
Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.