Muborak tumanida 1,1 mlrd so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Muborak tumanida 1,1 mlrd so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ Muborak tumani filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalar tumanidagi “Ko‘hnashahar” va “A.Temur” hududidan o‘tuvchi uzunligi 2 500 metr bo‘lgan bozor bahosi 1,1 mlrd so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!